12:43 / 27.06.2017
10329

AQSh Suriya qo‘shinlariga yangi hujum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi

Rossiya Federatsiyalar Kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Frants Klintsevichning ma'lum qilishicha, AQSh Suriyadagi hukumatga yaqin qo‘shinlarga yangi hujum uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«AQSh Suriya qo‘shinlari pozitsiyasiga yangi hujum tayyorlamoqda, bu aniq. Yangi fitnaga tayyorlanmoqda», - degan u.

Frants Klintsevich

Klintsevichning qo‘shimcha qilishicha, AQSh «kimyoviy hujum sifatida talqin etiladigan» bu fitnadan so‘ng «vaziyatni konstruktiv hal etishga yaqin turgan guruhga» zarba berishi mumkin.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan Suriyada bo‘lgan Rossiya HKK harbiy xizmatchilari va boshqa harbiy mutaxassislarga xavf bor.

«Ularning hayotiga haqiqiy xatar bor», - dedi u.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser Suriya hukumati yangi kimyoviy hujumga tayyorgarlik olib borayotgani haqida ma'lum qildi.

Top