09:10 / 27.06.2017
6841

AQSh va Hindiston yetakchilari Pokistonga maxsus bayonot bilan chiqishdi

Foto: Unian

AQSh prezidenti Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokiston hukumatini chegaralar xavfsizligini kafolatlashga chaqirdi. Bu uning hududidan terrorchilar hujum qilmasligi uchun kerak, deyiladi Vashingtonda ikki davlat yetakchilari uchrashuvi yakuni bo‘yicha qilingan bayonotda.

"Yetakchilar Pokistonga kafolatni ta'minlash bo‘yicha murojaat qilishdi. Bu uning hududi boshqa davlatlarga terrorchilik hujumlari uchun ishlatilmasligi uchun kerak. Shuningdek, ular Pokistonga Mumbay, Patankotdagi hujumlar va Pokiston guruhlari tomonidan amalga oshirilgan boshqa terrorchilik hujumlariga mas'ul bo‘lgan jinoyatchilarni tezkorlik bilan topshirish haqida murojaat bilan chiqishdi", - deyiladi bayonotda.

Top