Amerikalik mustaqil huquqshunos Maykl Garsiya JCh-2022 mezbonligini aniqlashda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilganini isbotlovchi bir qator dalillarni keltirib o‘tdi.
Unga ko‘ra, FIFA rahbarlaridan birining 10 yashar qizchasi 2 million yevroga ega bo‘lgan va shundan so‘ng JCh-2022 mezbonligi Qatarga topshirilgan.
Bundan tashqari, FIFA ijroqo‘mi a'zolaridan biri Qatarning zayavkasini tashkillashtirishda bosh-qosh bo‘lgan tashkilotchilarga bir necha yuz ming yevro miqdoridagi pullarni o‘tkazib bergani uchun elektron pochta orqali minnatdorchilik maktubi yo‘llagan.
Hozircha bu borada hech qanday aniq va tasdiqlovchi ma'lumotlar berilgani yo‘q.