18:09 / 27.06.2017
5881

Berluskoni siyosatga qaytishni mo‘ljallamoqda

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni mamlakatdagi mahalliy saylovlar yakuniga ko‘ra, siyosatga qaytishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, 25 iyun kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlarda Berluskonining Forza Italia («Olg‘a, Italiya») va hukmron «Shimoliy liga» partiyasi 22 shahardan 16 tasida g‘alaba qozondi.

Nashrning yozishicha, bu g‘alaba hukmron so‘l-markaz Demokratik partiya uchun shok bo‘ldi. Ayniqsa, Genuya shahri o‘nglarga ovoz bergani katta ta'sir qilgan.

Top