09:59 / 27.06.2017
11487

CNN telekanalining 3 jurnalisti Rossiya bilan bog‘liq maqola tufayli ishdan ketdi

Foto: Reuters

CNN telekompaniyasini shtatdagi 3 nafar xodim AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasining Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi bilan aloqasi haqidagi maqola tufayli tark etdi. 

Fox News telekanali xabariga ko‘ra, tekshiruv olib borgan Leks Harris, maqola muallifi Tomas Frenk, hamda maqolani tahrir qilgan Erik Lixtblau ishdan ketgan.

Lixtblau The New York Times jurnalida ishlagan vaqtida Pulitser mukofotini olgandi.

Bundan avvalroq CNN Rossiya haqidagi materiallarni qattiq tekshiruvdan o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni CNN AQSh Senati amerikalik va rossiyalik biznesmenlar o‘rtasidagi uchrashuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni boshlagani (Entoni Skaramuchchi va RFPI rahbari Kirill Dmitriyev uchrashuvi) haqidagi xabarni o‘chirgandi.

Mavzuga oid
Top