13:32 / 27.06.2017
42633

Kiyevda kuchli portlash ro‘y berdi

Ukraina poytaxtidagi Solomenskaya va Mexanizatorlar ko‘chalari kesishgan chorrahada kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqida Life nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, chorrahadan yengil avtomobil o‘tayotgan bir paytda portlovchi qurilma ishga tushgan. Mashina portlash natijasida katta ziyon ko‘rgan. 

Voqea ro‘y bergan joyga shaharning barcha operativ xizmatlari yo‘l olgan. Portlash ro‘y bergan hudud qurshab olingan.

Ukraina Mudofaa vazirligi bu portlash oqibatida Ukraina razvedka Boshqarmasi polkovnigi Maksim Shapoval halok bo‘lganini tasdiqladi.

"Bugun, 27 iyun kuni, Kiyev shahrining Solomenskiy tumanida avtomobil portladi. Portlash oqibatida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi xodimi polkovnik Maksim Shapoval qurbon bo‘ldi", — deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
Top