11:35 / 27.06.2017
10511

Shimoliy Koreya: Trampning siyosati XXI asrdagi natsizm

Foto: AP

Shimoliy Koreyadagilarning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning “Amerika hammasidan ustun” siyosiy prinsipi “XXI asrdagi milliy-sotsializmdir”. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi yozmoqda.

“Amerika hammasidan ustun”ligi fashizm, natsizmning amerikancha versiyasidir”, - deya yozadi agentlik.

Uning yozishicha, Trampning Yaqin Sharqdagi siyosati “faqatgina vayronagarchiliklar va beqarorlikka olib keldi”.

Shuningdek, agentlikning ma'lum qilishicha, Tramp “Lotin Amerikasidagi vaziyatni ham murakkablashtirgan”.

Top