17:50 / 27.06.2017
8495

Talabalar boshpanasiz qolganlar uchun chiqindilardan uy qurishdi

Janubiy Kaliforniya Universiteti qoshidagi Arxitektura maktabi o‘quvchilari boshpanasiz qolganlar uchun qayta ishlangan chiqindilardan g‘ildirakli uy qurishdi. O‘quv muassasasi saytida shu haqida ma'lumot berildi

Ikki kvadrat metrdan katta bo‘lmagan maydonga ega yog‘och uyda karavot, stol, stul va shaxsiy buyumlar bor. "Inshoot" shuningdek kichik derazalarga ham ega. "Biz chiqindilar va odamlar tomonidan shahar ko‘chalariga tashlab ketilgan keraksiz buyumlardan uy qurdik", - deydi o‘z yuk mashinasida materiallarni tashigan talaba Jyeremi Karmen.

"Bu loyiha o‘quvchilarga ularning bo‘lg‘usi me'morlar sifatidagi imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi", - dedi kafedra dotsenti Skott Mitchell. U boshqa bir pedagog bilan birga loyihaning borishini nazorat qilgan. 

Uy lotereyada o‘ynaldi, tushgan pul mablag‘lari boshpanasiz qolganlarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki xayriya tashkilotiga topshirildi.

Top