08:18 / 27.06.2017
4343

Tramp FQBning yangi direktori nomzodini taqdim qildi

Foto: Daily Report. Kristofer Rey

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh senati ko‘rib chiqishi uchun Federal qidiruvlar byurosi direktori lavozimiga Kristofer Rey nomzodini kiritdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Tramp Reyning bu lavozimga ilgari surilishini 7 iyunda ma'lum qilgandi. Tramp uni "benuqson malakali mutaxassis" deb atagan. 

Kristofer Rey King & Spadling firmasi yuristi bo‘lib, alohida masalalar va hukumat tergovlariga ixtisoslashgan guruhga raislik qiladi. 2003 yildan 2005 yilgacha AQSh adliya vazirligida bosh prokurorning jinoiy ishlar bo‘yicha yordamchisi lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 9 may kuni FQBning sobiq direktori Jyeyms Komini u "byuroni samarali boshqara olishga qodirmasligi" vaji bilan bo‘shatib yuborgan. AQSh Demokratik partiyasida esa Komi Trampning Rossiya bilan bog‘liqligi tergov qilingani sababli bo‘shatilgani aytib kelinadi.

Mavzuga oid
Top