19:01 / 27.06.2017
5602

Turkiya islomni tahqirlovchi videoo‘yinlar sotuvini taqiqlamoqchi

Turkiya hukumati mamlakat hududida Call of Duty, Guitar Hero va Pac-Man kabi o‘yinlar sotuvini taqiqlamoqchi. Bunga ularning islomga yovlarcha munosabatni shakllantirishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Newsweek shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi

Turkiya yoshlar va sport vazirligi xodimlarining fikricha, bu o‘yinlar qasddan islomofobiya ko‘lamini kengaytirish va islom ramzlarini bulg‘ashga yo‘naltirilgan. Call of Duty'ning ba'zi syujyetlarida o‘yinchilar musulmon terrorchilarni o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Guitar Hero III: Legends of Rock'da esa qahramonlar arab tilida "Alloh" so‘zi yozilgan sahnada sakrashadi. Pac-Man personaji esa taom o‘rniga kichik nuqtalarni iste'mol qiladi va arvohlar - "niqoblangan musulmon ayollar" tomonidan ta'qib qilinadi. 

"Ko‘p o‘yinlarning maqsadi - islom to‘g‘risida odamlarda noto‘g‘ri tasavvur hosil qilish. Raqamli o‘yinlar islomofobiya ko‘lamini kengaytirish quroli sifatida qo‘llanmoqda. O‘yinchilar ko‘pincha askar rolida namoyon bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar tomonidan terrorchi sifatida aks ettirilgan musulmonlarni o‘ldirib, ochkolarga ega bo‘lishadi. O‘yinlarning bosh maqsadi - odamlarda islomga yovlarcha munosabatni shakllantirish", - deydi Ta'lim, madaniyat va tadqiqotlar komissiyasi rahbari Xusayf Yilmaz.

Top