07:56 / 28.06.2017
7126

AQShda dronni urib tushiruvchi lazer sinovdan o‘tkazildi

Foto: Twitter.com/@Raytheon

Raytheon kompaniyasi AQSh harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda dronlarni urib tushura oluvchi kuchli lazerni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. TASS axborot agentligining kompaniya matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, AH-64 Apache vertolyotida o‘rnatilgan tizim ilk bor 1,4 km uzoqlikdagi dronni urib tushira oldi.

Sinovlar Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, lazer bilan birgalikda mo‘ljalga olish tizimi ham sinovdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top