09:05 / 28.06.2017
13832

Xitoyda dunyodagi ilk "o‘rmon shahar" qurilishi kutilmoqda

Foto:nebesnyphoenix

2020 yilga qadar Xitoyda dunyodagi ilk "o‘rmon shahar" qurilishi kutilmoqda. Bu shahar odatdagi shaharlardan atrof-muhitni ifloslantirmay, balki uni tozalashi bilan farq qiladi. Faqatgina tiklanuvchi energiya manbalariga bog‘liq bo‘ladigan kelajak shahrida 30 ming kishi joylasha oladi.   

O‘rmon shahar loyihasini italiyalik arxitektor Stefano Boyeri yaratgan. Bunday ilk shahar Guansi-Chjuan muxtor tumanida paydo bo‘ladi va Lyuchjou shahri bilan tezyurar poyezd orqali bog‘lanadi.

Yangi shaharda 40 mingta daraxt va yarim millionga yaqin boshqa o‘simliklar bo‘ladi. Bu o‘simliklar birgalikda yiliga 10 ming tonna karbonat angidrid yoki deyarli 60 tonna zararli moddalarni qayta ishlay oladi.

Arxitektorlar va ekologlar o‘simliklar nafaqat shaharni tozalashi, balki minglab qushlar, hasharotlar va jonzotlar uchun uyga aylanishiga umid qilishmoqda. 

 

Top