16:19 / 28.06.2017
7655

Obameyangga 30 mln yevrolik maosh taklif qilindi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Metro xabar tarqatdi.

28 yoshli gabonlikka «Tyantszin Tsyuantszyan» yiliga 30 million yevro miqdorida maosh to‘lashga tayyor.

Xitoyliklar klubi yaqin kunlar ichida nemis jamoasiga Obameyang uchun taklif berishi kutilmoqda.

«Borussiya» bu futbolchisini 70-80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Obameyang Germaniyada 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan vaqt ichida «Borussiya» safida 189 o‘yinda maydonga tushib, 120 gol urgan va 33 golga assistentlik qilgan.

Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan, ammo futbolchi murabbiy Tomas Tuxel ortidan jamoani tark etishga qaror qilgan.

Avvaliga ushbu futbolchi «PSJ»ga o‘tishi kutilgandi, ammo parijliklar jamoasi Verratti ketishi mumkinligi tufayli markaziy hujumchi emas, yarim himoyachi olishga qaror qildi. Keyinroq Obameyangning nomi «Manchester Siti» bilan bog‘lana boshlandi, ammo inglizlar jamoasi ham futbolchini sotib olishni istamadi.

Mavzuga oid
Top