08:24 / 28.06.2017
4717

Trampning golf-klublarida uning surati tushirilgan Time jurnalining soxta muqovalari aniqlandi

AQSh prezidenti Donald Trampning golf-klublari devorlarini bezab turuvchi, uning surati tushirilgan 2009 yilgi Time jurnalining muqovasi soxta ekani aniqlandi. Jurnalning rasmiy vakili bu soxta muqovalarni olib tashlashni talab qildi.

TASS axborot agentligining AQSh OAVga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, muqovani bezashda bir qator xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, gap jurnal muqovasidagi qizil ramkaning eni haqida ketmoqda. Shuningdek, soxta muqovada ko‘rsatilgan 2009 yil 1 mart sanasida jurnalning hech qanday soni chiqmagan. Jurnal tahririyatida bu muqova soxta ekani tasdiqlandi.

Tramp, ko‘rinishicha, bu bilan go‘yoki uning surati nufuzli jurnal muqovasida joylashtirilganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

2009 yil 2 mart kuni chiqqan Time muqovasida britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet surati joylashtirilgan bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top