19:57 / 28.06.2017
9749

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Karlovi Variga reyslarni yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 25 iyundan boshlab Karlovi Variga (Chexiya) charter reyslarni amalga oshirishni boshladi.

Aviakompaniya matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda reys yo‘lga qo‘yilishi sababi Karlovar o‘lkasiga dam olish va davolanish uchun ko‘pdan-ko‘p o‘zbekistonliklar yo‘l olayotgani sabab bo‘ldi.

Aviakompaniya xabarida Chexiyadagi bu shaharga reyslar ikki haftada bir marta - dushanba kuni amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar A320 samolyotida parvoz qilishadi.

Top