13:15 / 29.06.2017
9949

Yakkasaroyda navbatdagi fohishaxona aniqlandi

2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Maftuna Raxmanberdiyeva (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «G» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top