08:45 / 29.06.2017
19979

AQSh oltita musulmon davlat fuqarolariga viza berishda yangi mezonlarni kiritdi

Foto: shutterstock

AQSh ma'muriyati aholisi asosan musulmonlardan iborat bo‘lgan oltita davlat fuqarolari va barcha qochqinlarga viza berishda yangi mezonlarni qabul qildi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi davlat departamenti memorandumiga asosan.

Agentlikning ta'kidlashicha, bunday chora tegishli da'vogarlarga vizani faqatgina AQShda qalin oilaviy yoki ish aloqalarga ega bo‘lsagina berishni nazarda tutadi. Qayd etilishicha, ular AQShda ota-onasi, eri yoki xotini, yoshi katta farzandlari yoki aka-uka hamda opa-singillari yashashini isbotlashlari talab etiladi. Uzoq qarindoshlar e'tiborga olinmaydi.

Xabar qilinishicha, yangi talablar xorijdagi Amerika diplomatik vakolatxonalariga chorshanba kuni yuborilgan.

AQSh oliy sudi dushanba kuni Donald Trampning migratsiya farmoni bo‘yicha ishni eshitishga rozi bo‘ldi. Ko‘rib chiqish ushbu hujjatni to‘sib qo‘ygan quyi pog‘onadagi sudyalarning ko‘pchilik qarori bilan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.

Top