8249.97 USD +13.10

9392.59 EUR +1.73

124.67 RUB -0.52

10700.2 GBP +131.48

15:22 / 29.06.2017 3463

Chernogoriya o‘z hududida NATO bazalari joylashtirilishiga qarshi emas

Фото: Reuters

Chernogoriya mudofaa vaziri Predrag Boshkovichning ma'lum qilishicha, Bolqon davlati o‘z hududida NATO harbiy bazalarini joylashtirishga qarshi emas. Biroq hozircha bunday tashabbus Shimoliy Atlantika alyansi tomonidan chiqmadi.

«Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda alyansda Chernogoriyada harbiy baza yaratish bo‘yicha tashabbus yo‘q. Biz bunga qarshi bo‘lmasdik, biroq hozirda NATO boshqa mintaqalarga qiziqmoqda», - dedi Boshkovich «Gazete.ru»ga.

«So‘nggi ikki yil ichida Rossiya tomonidan jiddiy bosimga duch keldik, ammo shuni ta'kidlab o‘tishni xohlardimki, bizning NATOdagi a'zoligimiz hech kimga, hattoki Rossiyaga ham qarshi qaratilmagan. Bizning Shimoliy Atlantika alyansidagi a'zoligimiz Balqon yarim orolining g‘arbiy qismida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash hamda o‘z manfaatlarimizni himoya qilishga mo‘ljallangan», - degan Boshkovich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chernogoriyaning Shimoliy Atlantika alyansi ishtirokchisi sifatidagi birinchi vazifasi o‘z qurolli kuchlarini isloh etish va mudofaaga xarajatlarni ko‘paytirishdir.

Top