23:46 / 29.06.2017
39942

Eron televideniyesi al-Bag‘dodiy o‘lganini tasdiqlovchi suratlarni tarqatdi

Eron televideniyesi 29 iyunda IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘lganini tasdliqlovchi suratlarni tarqatdi. Eronning IRIBB teleradio korporatsiyasi o‘z saytida terrorchining jasadi va tirikligidagi ikkitadan suratini chop etgan.    

Avvalroq ba'zi axborot manbalari Eron oliy rahnamosi va qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi oyatulloh Ali Hameneiyning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusidagi "Al-Quds" maxsus bo‘limidagi vakili Ali Shiroziyga iqtibos keltirgan holda al-Bag‘dodiyning o‘lganini tasdiqlashgandi.

Shuningdek, iyun o‘rtalarida Rossiya mudofaa vazirligi may oxirida Suriyada Rossiya aviazarbasi oqibatida IShID yetakchisi va 300 jangari yo‘q qilinganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top