22:45 / 29.06.2017
6720

Qatar arab davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Foto: TV Tsentr

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy uning davlati arab davlatlari bilan muzokaralarga borishga tayyorligini ma'lum qildi. Uning aytishicha, Doha terrorchilikni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha qadamlar amalga oshirmoqda. Ol Soniyning ta'kidlashicha, u AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan inqirozdan chiqishning siyosiy yo‘llarini muhokama qilgan.

9 ta davlat – Saudiya Arabistoni, BAA, Yaman, Liviya, Bahrayn, Mavritaniya, Mavrikiy, Maldiv va Komor orollari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgan. 4 ta arab davlati Qatardan Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishni, hududidagi Turkiya harbiy bazasi va Al Jazeera telekanalini yopishni hamda terrorchilar bilan aloqalarni uzishni talab qilishgan.  

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top