23:18 / 29.06.2017
25896

Kun fotosi: Ronaldu egizak farzandlari bilan

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramdagi sahifasida yangi tug‘ilgan farzandlari bilan tushgan suratini namoyish etdi. Endi portugaliyalik futbolchi 6 yoshli Kenja Krishtianu Ronaldudan keyin egizaklar – Yeva va Mateuni tarbiyalaydi.

«Hayotimdagi ikki yangi sevgimni qo‘limda tutib turganimdan baxtiyorman», - deya yozgan Ronaldu.

Futbolchining egizak farzandlari 8 iyun kuni tug‘ilgan, bu haqida 11 iyun kuni xabar tarqalgandi. Uning o‘zi bugun ushbu ma'lumotni tasdiqladi va ularni ko‘rish uchun yo‘l oldi. U shu munosabat tufayli milliy terma jamoa qarorgohini tark etib, Konfederatsiyalar kubogi-2017 turnirining uchinchi o‘rni uchun bahsda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top