10:27 / 29.06.2017
16042

Rossiya mudofaa vazirligi: Britaniyaning yangi aviatashuvchisi qulay dengiz nishoni

Foto: AFP

Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Britaniya harbiy mahkamasi rahbari Maykl Fellonning “Qirolicha Yelizaveta” yangi aviatashuvchisi Rossiyaning “Admiral Kuznetsov” harbiy kemasidan ustunroq ekani haqidagi bayonotiga izoh berdi. U Britaniya kemasini “qulay dengiz nishoni” deb atadi.

“Aviatashuvchidan farqli ravishda “Admiral Kuznetsov” zenitli, qayiqlarga qarshi va eng asosiysi, kemalarga qarshi “Granit” raketa quroli bilan jihozlangan. Britaniya aviatashuvchisi – shunchaki qulay dengiz nishoni”, - deya Konashenkovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Britaniya aviatashuvchisi chetdan yordamsiz, uni himoya qiluvchi kemalar qurshovida faqatgina samolyotlarni chiqarishi mumkin.

Top