19:49 / 29.06.2017
12404

O‘rgimchak-odam Audi'ning yangi avlod A8 sedanini namoyish qildi

Foto: Getty Images for Audi

O‘rgimchak-odam haqidagi "Uyga qaytish" filmining premerasida yangi avlod Audi A8 sedani namoyish qilindi. Nemis markasining flagman modeli rasmiy debyuti 11 iyul kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Audi matbuot xizmati xabar berdi

Superqahramon kiyimini kiygan bosh rol ijrochisi Tom Holland Los-Anjyelesdagi TCL Xitoy teatri qizil yo‘lakchasida Yangi Audi A8 kapotida namoyon bo‘ldi. Filmdagi boshqa aktyorlar - Jon Favro va kenja Robert Dauni esa premeraga qora rangli Audi R8 Spyder superkarida kelishdi. 

Manbaga ko‘ra, yangi avlod Audi A8 sedani nemis markasi tarixidagi texnik jihatdan eng mukammal model bo‘ladi. Flagman sedani takomillashtirilgan "uchinchi darajali" avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi. Bu avtomobilga mustaqil ravishda tezlashish, to‘xtash va soatiga 60 kilometr tezlikda turli manevrlarni bajarish imkonini beradi. 

Bundan tashqari, sedan chegaralangan maydonda haydovchi ishtirokisiz joylashishga qodir. Mazkur funksiya kalit-brelok yoki smartfondagi maxsus ilova yordamida faollashadi. 

Shuningdek yangi mashina har qanday kutilmagan zarba va salondagi vibratsiya holatlarini to‘liq chetlab o‘tish uchun yo‘llardagi har bir notekislikka moslasha oluvchi "aqlli" adaptiv jihozga ega bo‘ladi. 

Yangi Audi A8 avtomobilning old qismiga o‘rnatilgan 48 voltli generatordan quvvatlanuvchi 4 kompakt elektromotorni o‘zida jamlagan gibrid kuch mexanizmi bilan ta'minlangan.

Mavzuga oid
Top