16:34 / 29.06.2017
7932

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi

Adliya vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyat hokimligi bosh yuriskonsulti lavozimiga tavsiya etilgan Shahzod O‘ktamovni, “O‘zagrotexmash” AJ bosh yuriskonsulti lavozimiga tavsiya etilgan Omon Xakimdjanovni tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.

Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan deb topdi.

Top