17:44 / 30.06.2017
15746

Beeline YHQ buzilishiga doir jarimalar haqida ma'lumot olish xizmatini ishga tushirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” abonentlar yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari haqidagi ma'lumotni olishga yordam beradigan xizmat ishga tushirilganligi haqida e'lon qildi. 

YHQ buzilishlarining soni bilan tanishish uchun quyidagi matnli SMSni 8860 qisqa raqamiga yuborish lozim: 

{avtoulovning davlat raqami} probel {tex.pasportning ceriyasi va raqami}
(Masalan: 01R999XY AAC5447770).

So‘rovga javob tarzida bir nechta SMS kelishi mumkin, bu qoidabuzarliklarning soniga bog‘liq (bir dona qoidabuzarlik – bir dona SMS-xabar). Qoidabuzarliklar yo‘q bo‘lsa, abonent “U vas net narusheniy” matnli SMS oladi. Kirish SMS pullik va 8861 raqamidan keladi. Agar abonent ma'lumotlarni (avtoulovning davlat raqami va tex. pasport seriyasi va raqamini) noto‘g‘ri yozsa, DYHXX bepul raqamidan mos ravishdagi ma'lumotga ega SMS keladi. 

Qoidabuzarliklar haqidagi ma'lumotni dyhxx.uz veb-portalidan olsa ham bo‘ladi. Buning uchun portalda ro‘yxatdan o‘tib, “kirish” tugmasini bosish lozim. So‘ngra pullik 8862 raqamidan “Vash kod XXXXXX” matnli SMS yuboriladi. 

SMS-xabarlarning narxlari:

• 8860 – $0,00/$0,00 (chiqish/kirish)
• 8861 – $0,00/$0,05 (chiqish/kirish)
• 8862 - $0,00/$0,02 (chiqish/kirish)
• DYHXX – kirish xabarlar $0,00 

Mavzuga oid
Top