Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilayotganini ma`lum qildi
07:51 / 30.06.2017
3614
Фото: AP Photo / Ringo H.W. Chiu

Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilishi boshlanganini e`lon qildi, deb xabar bermoqda Verge nashri.

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, tunnelni qurish bilan Maskning katta loyihasi hisoblanuvchi  Boring Company kompaniyasi shug'ullanmoqda.

Tunnelning birinchi seksiyasi qurib bitkazildi, bu haqda Mask tvitterdagi sahifasida ma`lum qildi. "Burg'ilash boshlandi va Los-Anjyelesdagi tunnelning birinchi segmenti yakunlandi", deb ma`lum qilgan Mask.

Loyiha yuqori tezlikdagi avtomobil trassasi o'tadigan tunnel qurilishini ko'zda tutadi. Loyihaning amalga oshirilishi qancha vaqt olishi ma`lum qilinmagan. 

Top