20:33 / 30.06.2017
7696

Video: Hindistonda toshqinlar vaqtida uch sayyoh qutqarib qolindi

Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatidagi qishloq aholisi kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan toshqinlar sababli daryoda qolib ketgan uch sayyohni qutqarib qoldi. Yuz bergan hodisaning videosi 30 iyunda Mirror nashri tomondan namoyish qilindi.

India Today nashrining ma'lum qilishicha, voqea 3 kun avval yuz bergan. 20 yoshlar atrofidagi yigitlar sayyohlar orasida ommalashgan Bxagsunag sharsharasini tomosha qilgani jo‘nashgan.

Yigitlar sayozlikdan sharshara yaxshi ko‘rinib turadigan daryodagi katta toshga yetib borishgan. Biroq daryo sathining birdan ko‘tarilishi ularni sohildan kesib qo‘ygan.

Sayyohlarga mahalliy aholi yordamga oshiqqan. Ular shimlar, ko‘ylaklar va sallalardan arqon yasab, ular orqali yigitlarni sohilga chiqarib olishgan. Yigitlarni qutqarish operatsiyasi taxminan bir soatcha davom etgan. Guvohlardan birining aytishicha, aholi sayyohlarni chiqarib olishiga shubha qilgan, chunki suv oqimi juda kuchli bo‘lgan.

Top