08:40 / 30.06.2017
4773

Pentagon rahbari: AQSh va NATO Afg‘onistondan jangovar kuchlarni olib chiqishga biroz shoshilgan

AQSh va NATO o‘zining asosiy jangovar kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib, shoshilinch qaror qabul qilgan. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis NATO mudofaa vazirlari bilan uchrashuvi yakunida ma'lum qildi.

"Ortga qarab shuni aytish mumkinki, qo‘shinlarni juda tez olib chiqib ketganmiz, ularning sonini juda tezlik bilan kamaytirganmiz", - dedi u. Afg‘onistondagi amaliyot 2011-2012 yillarda o‘zining eng baland nuqtasiga chiqqanida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari soni 100 ming kishiga teng edi, plyus NATO qo‘mondonligidagi Xalqaro xavfsizlikka ko‘mak ko‘rsatish kuchlari tarkibida 140 ming kishi bor edi.

AQSh va NATOning asosiy jangovar kuchlarini olib chiqib ketish 2014 yilning dekabrida yakunlandi, Afg‘onistonda NATO yo‘riqchilari va maslahatchilari missiyasi – 13,5 ming kishilik “qo‘llab-quvvatlov” guruhi qoldi. So‘nggi uch yil davomida nafaqat hukumatga qarshilik ko‘rsatuvchi toliblar o‘z kuchini mustahkamladi va nazorati ostidagi hududlarni kengaytirdi, balki IShIDning mamlakatdagi bo‘linmalari paydo bo‘ldi.
Ular ham toliblarga, ham hukumat kuchlariga qarshi jang qilmoqda.

O‘z navbati Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi general-mayor Tariq Shoh Bahromiyning NATO matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, xalqaro kuchlarning olib chiqilishini shoshilinch, deb hisoblamaydi, sababi afg‘on armiyasi “mamlakatda tartib ushlab turish uchun xorijiy harbiylarga doimo tayanib yashashi mumkin emas”.

Mavzuga oid
Top