16:43 / 30.06.2017
10447

Toshkentda talonchilik qilgan qiz qo‘lga olindi

2017 yilning 25 iyun kuni taxminan soat 21:00larda Nargiza Turdibayeva o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani xududida fuqaro Dilafro‘z Mirzaaxmedovaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) qo‘lidan «Iphone 4S» rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya'ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top