10:51 / 30.06.2017
4579

Tramp ma'muriyati noqonuniy olib kirilgan bolalarning ota-onasini hibsga olish niyatida

Amerika prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Qo‘shma Shtatlarga bolalarni noqonuniy olib kirgan ota-onalar va boshqa yaqin qarindoshlarni hibsga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, bunday chora kishilar kontrabandasi, xususan, migrantlarga mamlakat hududiga kirib borishda hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQSh vakillar palatasi noqonuniy muhojirlarga nisbatan migratsiya siyosatini kuchaytirish va boshpana taqdim etuvchi shaharlarni moliyalashtirishni cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihalarini tasdiqlagandi.

Top