19:05 / 30.06.2017
3434

Twitter soxta yangiliklarga qarshi kurashish usullarini izlamoqda

Foto: Michael Nagle/Bloomberg News

Twitter mikrobloglar tarmog‘i foydalanuvchilarga ishonchsiz, noto‘g‘ri yoki zararli ma'lumotni belgilash imkonini beruvchi funksiyaning qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqida kompaniyadagi ikki manbasiga asoslanib, Washington Post xabar berdi. Ma'lum bo‘lishicha, funksiya hozir test sinovi bosqichida. 

Twitter o‘z platformasida tarqalayotgan soxta yangiliklar tufayli ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Bundan tashqari, ekstremistlar mikrobloglar tarmog‘idan jalb qilish quroli sifatida foydalanmoqda. 

"Prezidentlik saylovlaridan keyin, tanqidchilar va tadqiqotchilar ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy debatlarga salbiy ta'siriga ishora qilgan bir vaqtda bu muammolar yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi", - deyiladi xabarda. 

Pew tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh katta yoshli aholisining uchdan ikki qismi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soxta yangiliklar "katta chalkashliklar"ni yuzaga keltirganini ta'kidlashmoqda.

Twitter matbuot kotibi Emili Xornning aytishicha, kompaniyaning bu funksiyani ishga tushirish bo‘yicha joriy rejalari yo‘q. "Bu optsiya hozir sinovdan o‘tkazilmoqdami?" degan savolga Xron javob bermadi. U Twitter o‘z resurslari va personalini kengaytirayotganini qo‘shimcha qildi, lekin tafsilotlarga to‘xtalishdan bosh tortdi.

Mavzuga oid
Top