17:38 / 01.07.2017
19345

Akkumulyatorsiz ishlaydigan mobil telefon ishlab chiqildi

Sietldagi Vashington universitetining mutaxassis Vamsi Tallay boshchiligidagi tadqiqotchilari atrof-muhit energiyasi hisobidan ishlashi mumkin bo‘lgan telefon nusxasini yaratishdi. Bu haqda Phone Arena yozmoqda.

«Uyali aloqa telefoni – bu eng foydali narsalardan biri. Tasavvur qiling, siz hattoki telefon akkumulyatori o‘tirgan bo‘lsa ham, qo‘ng‘iroq qilish va xabarlar jo‘natishingiz mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi tadqiqot laboratoriyasi rahbari Joshua Smit.

Olimlar energiya sarflashni kamaytirish uchun ovozni analogli uzatishdan foydalanishdi, shuningdek, qurilma qismlarini maxsus qaytadan o‘zgartirishdi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar nur taratuvchidan foydalanishgan, u radioto‘lqinlardan vaqti-vaqti bilan faollashadi. Buning evaziga uyali aloqa minoralari gadjyet uchun o‘ziga xos energiya manbasi bo‘lishi mumkin.

Nusxa hozircha bir necha tugmacha va nur diodli indikator bilan jihozlangan. Yaqin orada qurilmaga E-ink-displey o‘rnatiladi. Yangilik bozorda qachon paydo bo‘lishi hozircha noma'lum.

Mavzuga oid
Top