00:41 / 01.07.2017
10284

«Barselona» o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib oldi

«Barselona» klubi Everton» hujumchisi Jyerar Deulofeuni qayta sotib olish huquqidan foydalandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» «Everton» bilan Deulofeu transferini rasmiylashtirish ishlarini bir necha kun ichida tugatadi. 23 yoshli ispaniyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2019 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Barselona» futbolchini 30 iyunga qadar 12 mln. yevro evaziga sotib olish huquqiga ega ekani xabar qilingandi.

Top