17:21 / 01.07.2017
10520

Dayr-az-Zor gumanitar falokat yoqasida turgani aytildi 

Foto: RIA "Novosti"

Suriyaning Dayr-az-Zor shahri aholisi IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan Firotni to‘sib qo‘yish uchun to‘g‘on qurilishi tufayli ichimlik suvisiz qolishi mumkin, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» diplomatik manbaga asosan.

«Uzoq vaqt davomida jangarilar tomonidan qamal qilinib turilgan shahar aholisi yangi xavfga duch kelishi mumkin. Terrorchilar to‘g‘on qurilishini yakunlashgandan so‘ng, shaharda to‘laqonli gumanitar falokat yuz berishi ehtimolga yaqin. Kishilar suvsiz qoladi», - dedi u.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ayni damda jahon hamjamiyati bu vaziyatga hech qanday munosabat bildirayotgani yo‘q.

Mavzuga oid
Top