09:19 / 01.07.2017
12096

Hindistonda mamlakat tarixidagi eng yirik soliq islohoti kuchga kirdi

Foto: © RIA Novosti

Hindistonda mamlakatning mustamlaka davridan keyingi eng yirik soliq islohoti rasman kuchga kirdi. U tovar va xizmatlarga yagona soliq kiritishni nazarda tutadi, deb xabar qilinadi davlat bosh vaziri Narendra Modi saytida.

Marosim Hindiston parlamentida Modi va hukumat a'zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

"Islohot uzoq tahlillar natijasi hisoblanadi", - dedi Modi parlamentda chiqish qilib. Uning ta'kidlashicha, ushbu islohot "mamlakat iqtisodiyotini birlashtiradi".

Hindiston 2016 yilda tovar va xizmatlarga yagona soliq kiritish jarayonini ishga tushirdi, u ishlab chiqarish, savdo va tovarlar hamda xizmatlar iste'moliga qo‘shimcha soliq bo‘lib, hozirda markaziy hukumat va shtatlar hukumatlari tomonidan olinuvchi ko‘plab boshqa soliqlarni almashtiradi.

Bu soliq solish islohoti Hindiston mustaqillikka erishganidan beri eng yirigi sanaladi. Hukumat taxminiga ko‘ra, qonun mamlakat iqtisodiyoti o‘sishini yanada tezlashtiradi.

Top