17:06 / 01.07.2017
12465

Milliy kutubxonaga yangi direktor tayinlandi 

Alisher Abdushukurovich Abduazizov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portalida xabar berildi.

“2017 yil 27 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 439-son qaroriga muvofiq Abduazizov Alisher Abdushukurovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori etib tayinlandi”, - deyiladi Hukumat portali xabarida.

Top