14:45 / 01.07.2017
13296

«MYu» sobiq o‘yinchilari «Kamp Nou»da «Barselona»ni mag‘lub etdi

«Kamp Nou» stadionida juma kuni «Barselona» va «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilari ishtirokida xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘k-anorranglilarni uy stadiondagi mag‘lubiyatdan hattoki Ronaldino ham qutqara olmadi. «MYu» Yyesper Blumkvist, Karel Poborski hamda Duayt Yorkning to‘plari evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyalar safidagi yagona golga Frederik Deyu mualliflik qildi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, jamoalar Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida 2 sentabr kuni javob uchrashuvida maydonga tushadi.

Top