18:12 / 01.07.2017
7876

Times: Britaniya avtomobil teraktlari bilan yangicha usul orqali kurashmoqchi

Foto: EPA

Buyuk Britaniya hukumati avtomobillar ishtirokidagi qator teraktlardan so‘ng strategik muhim obektlar va ko‘priklar atrofida raqamli himoya maydonlarini o‘rnatish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deb yozadi The Times gazetasi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Britaniya transport vazirligi muhim obektlar atrofida elektron to‘siqlar yaratishga imkon beruvchi geohududlardan foydalanilgan sun'iy yo‘ldoshlar tizimini ishlab chiqishdan manfaatdor.

Tashkilot rejalariga muvofiq, teraktlar nishoniga aylanishi mumkin bo‘lgan binolar va ko‘priklarga ruxsatsiz yaqinlashganda, avtomobillarda o‘rnatilgan kompyuterlar ularni to‘xtatadi yoki sekinlashtiradi.

Britaniya hukumatining bunday qarori Vestminster ko‘prigi, London ko‘prigi va Finsberi-parkda ro‘y bergan teraktlar takrorlanishining oldini olishda yordam berishi kerak.

Times’ning ta'kidlashicha, Shvetsiyada shunday texnologiya aprel oyidagi teraktdan so‘ng ishlab chiqila boshlandi – o‘shanda yuk mashinasi Stokholmdagi eng yirik ko‘chalardan birida odamlar ustiga bostirib borildi.

Mavzuga oid
Top