10:17 / 01.07.2017
14617

Toshkent shahri tumanlaridan birida yong‘in chiqdi (foto, video)

1 iyul kuni tonggi vaqtda Toshkent shahri, Chilonzor tumanining Muqimiy ko‘chasi, 164-uyda yong‘in chiqqan. Bu haqda voqea joyidan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in ko‘p qavatli turar-joy binosining tom qismida chiqqan. Hududga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in xavfsizligi xodimlarining ma'lum qilishicha, hodisaga tom ostidan o‘tgan elektr uzatmalarida chiqqan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Top