09:31 / 02.07.2017
19016

Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun grandlar o‘rtasida «talash» boshlandi

«Real» «Betis» bilan Dani Sebalos transferi uchun muzokara boshladi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, madridliklar jamoasi 20 yoshli bu xavbek uchun 15 million yevro to‘lab, uni sevilyaliklar jamoasida bir yil ijara asosida qoldirishni mo‘ljallamoqda.

Bu vaqtda Polshada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan Sebalos uchun «Yuventus» (turinliklar ham shartnomada ko‘rsatilgan 15 mln yevro to‘lash miqdoridagi mablag‘ni to‘lashga tayyor), «Bavariya» va «Barselona» ham da'vogar. Kataloniyaliklar futbolchini sotib olib, uni asosiy tarkibga kiritmoqchi.

Shu bilan birgalikda «Real» raqobatda ustun kelish uchun taklifni oshirishi va qo‘shimcha bonuslar va'da qilishi mumkin.

Dani Sebalos yakunlangan mavsumda «Betis»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi, u jamoaning 34 uchrashuvida maydonga tushib, ikki gol urgan va ikki golga uzatma bergan.

Bu futbolchi madridliklar safida Toni Kroos bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu futbolchilarning maydondagi ampluasi ham, o‘yin uslubi ham deyarli bir xil.

Mavzuga oid
Top