10:06 / 02.07.2017
14221

Qidiruvda bo‘lgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

24 iyun kuni noma'lum shaxs Farg‘ona shahridagi savdo do‘konlaridan birida xarid kilib turgan Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi, Nafisa Raximovaning sumkasidan 480.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan edi. 

Ushbu jinoyat 28 iyun kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan fosh etildi. Farg‘ona shahrida yashovchi Boris Konstantinovich Gushin daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda yurgan Farg‘ona tumanida yashovchi Sardor Idiyev, Marg‘ilon shahrida yashovchi Muslim Jo‘raboyev hamda O‘zbekiston Respublikasi JK 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda yurgan Oltiariq tumanida yashovchi Umar Mamayusupov qo‘lga olingan. 

Top