21:57 / 02.07.2017
9310

Misrda 20 kishi politsiyachilarga hujum qilganlik uchun o‘lim jazosiga mahkum qilindi

Misrda huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilganlik uchun 20 kishi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 2013 yilda mamlakatda sobiq prezident Muhammad Mursiyning ag‘darilishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilgan vaqtda namoyishchilar tomondan 13 politsiyachi o‘ldirilgan. Bu jinoyat uchun 20 kishi o‘lim jazosiga, yana  100 dan ko‘proq kishi qamoq jazosiga mahum qilindi. 21 nafar sudlanuvchi esa oqlandi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sud qarori muftiy tomondan tasdiqlangan. 

Mavzuga oid
Top