12:02 / 02.07.2017
27207

Ot sporti federatsiyasi rahbari 5 oyda almashdi

Zoir Mirzayev Toirovich O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

U bu lavozimda 2017 yil yanvar oyi oxiridan buyon ishlab kelgan Qudratilla Rafiqov o‘rnini egalladi.

Zoir Mirzayevga Ulug‘bek Ismatov, Eldor Anorboyev va Bahrom G‘oziyev o‘rinbosar bo‘lishadi.

Zoir Mirzayev 2016 yil dekabrida Samarqand viloyati hokimligidan O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi etib tayinlangandi. U shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari - agrosanoat majmuasi rahbari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilingan edi. Shu qaror asosida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi deya qayta nomlangandi.

Top