16:33 / 02.07.2017
13420

Video: Tesla va Porsche poygasi - qay biri g‘olib? 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib video paydo bo‘ldi: Porsche Cayman GT4 sportkari haydovchisi tezlik borasida Tesla elektrokari bilan bellashishga qaror qildi va ... mag‘lub bo‘ldi! Tesla Model S sohibi avtomobil ichidan olingan videotasmani internetga joylashtirdi. InsiderPro shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Svetoforda yashil chiroq yoqilishi bilanoq improvizatsiyalashgan poyga boshlandi. Porsche Cayman sportkari Tesla Model S elektrokaridan o‘zib ketishga harakat qildi - biroq kutilmaganda voqea o‘zgacha tus oldi. Ehtimol, Tesla haydovchisi Ludicrous rejimini qo‘llagandir, bu rejimda 100 km/soatga tezlashish atigi 2,7 soniyada ro‘y beradi. Chorrahadan o‘tgandan keyin Porsche boshqaruvni qo‘ldan chiqardi va avtomobil aylanib ketdi. Yaxshiki, yo‘l bo‘sh bo‘lgan, shu bois poyga YTH bilan tugamagan.

Ehtimol, Porsche rulini yetarli tajribaga ega bo‘lmagan haydovchi boshqargandir, biroq bu elektrokarning fazilatlariga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. 

Top