13:28 / 03.07.2017
11697

Ugo Fantotstsi roli bilan tanilgan italiyalik komik Paolo Villajo hayotdan ko‘z yumdi

Foto: ANSA

Italiyalik komik aktyor Paolo Villajo dushanba kuni Rim shahridagi "Jyemelli" shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi. ANSA agentligining xabar berishicha, 84 yoshli aktyor ikki kun avval shifoxonaga yotqizilgan.

Villajo teleekranda Ugo Fantotstsi - oddiy Italiya fuqarosining yig‘ma obrazi orqali tanilgan. Bu personaj Italiyaning madaniy fenomeniga aylangan. Villajo o‘z rollari orqali jamoatchilikni o‘z muammolari haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qildi. 

Bundan tashqari, aktyor teatrda ishlagan, shu bilan birga Federiko Fellini, Mario Monichelli kabilar bilan hamkorlik qilgan.

Villajo Venetsiya festivalida kinematografga qo‘shgan hissasi uchun "Oltin arslon" mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2013 yilda aktyor Gogol an'anasidagi "kichik odam" obrazi uchun "Italiyadagi N.V.Gogol" xalqaro mukofotiga loyiq deb topilgan. 

Top