14:47 / 03.07.2017
18596

O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qiluvchilar orasida erkaklar ko‘pligi aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyo mamlakatlaridagi o‘lim holatlariga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish holatlari har 100 ming kishiga 9,2 kishi to‘g‘ri kelmoqda.  Shuningdek jadvalda har 100 ming erkakning 13,6 nafari, har 100 ming ayolning esa 5,2 nafari o‘z joniga qasd qilayotgani qayd etilgan.

2010 yilda har 100 ming kishidan 7,0 nafari o‘z joniga qasd qilgan. Jadvalda shu yili (har 100 mingdan) 10,4 nafar erkak, 3,8 ayol o‘z joniga qasd qilgani ta'kidlangan. 

2005 yilgi ko‘rsatkichlar ham 2010 yil ko‘rsatkichlariga yaqin: umumiy hisobda har 100 ming kishidan 7,0 nafari o‘z joniga suiqasd qilgan. Har 100 ming erkakning 11,3 nafari, ayollarning esa 3,0 nafari hayot bilan vidolashgan.  

2000 yilda esa o‘z joniga qasd qilish holatlari har 100 ming kishiga 9,1 kishini tashkil qilgan. Bu yili erkaklarning 14,0 nafari, ayollarning 4,4 nafari o‘z joniga qasd qilgan.

Top