21:38 / 04.07.2017
5834

Xitoydagi toshqinlar qurbonlari soni 56 nafarga yetdi

Foto: AFP 2017 / Stringer

Xitoyning 11 viloyatida to‘xtamayotgan yomg‘irlar va ular oqibatida yuz bergan toshqinlar oqibatida 56 kishi halok bo‘ldi. Yana 22 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Shuningdek, toshqinlar oqibatida 12 mingga yaqin odam jabr ko‘rgan. Tabiiy ofat Chjetszyan, Anxoy, Tszyansi, Xubey, Xunan, Guandun, Sichuan, Guychjou, Yunnan viloyatlari, Chuntsin shahri va Guansi-Chjuan muxtor tumaniga zarar yetkazgan.

Kamida 27 ming uy toshkin oqibatida barbod bo‘lgan, yana 37 mingtasiga shikast yetgan, 759 ming gektardan ko‘proq qishloq xo‘jalik yerlariga ziyon yetgan.

Top