17:20 / 04.07.2017
27652

Kreml Putinning Tramp bilan ilk uchrashuvi sanasiga aniqlik kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 7 iyul kuni —  Hamburgdagi «Katta yigirmatalik» sammitining birinchi kunida uchrashadi. Bu haqda Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Aniq bo‘ldi, yettinchida [iyul]», — degan Kreml vakili jurnalistlarga. U muzokaralar qanday formatda o‘tishiga aniqlik kiritmadi.

3 iyul kuni Ushakov ikki davlat rahbarlari uchrashuvda Ukrainadagi inqiroz, Suriyadagi vaziyatni izga tushirish va qurollanishni nazorat qilish masalalarini muhokama qilishi haqida xabar bergandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbari «oyoqda» emas, alohida tartibda o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Bu Putin va Trampning ilk uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. Ular shu yil boshidan buyon 3 marta telefon orqali suhbat o‘tkazishgan.

G20 sammiti Hamburgda 7—8 iyul kunlarida o‘tkaziladi. Sammit doirasida Putin Fransiya, Meksika, JAR, Janubiy Koreya va Turkiya prezidentlari, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri bilan ham uchrashadi.

Mavzuga oid
Top