23:51 / 04.07.2017
4619

Misr favqulodda vaziyat tartibini uzaytirdi

Misr parlamenti mamlakat prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyning mamlakatda amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga uzaytirish qarorini tasdiqladi.

Ma'lum qilinishicha, rasman favqulodda vaziyat tartibi 4 iyuldan boshlab uzaytiriladi.

22 iyunda Misr hukumati favqulodda vaziyat tartibini 3 oyga uzaytirishni ma'qullagandi.

Favqulodda vaziyat tartibi nasroniy cherkovlarida uyushtirilgan teraktlardan keyin aprelda kiritilgandi. Teraktlar oqibatida 50 kishi halok bo‘lgandi. Favqulodda vaziyat tartibi vaqtida ham ekstremistlar o‘z qabihliklarini davom ettirib, Al-Minya viloyatidagi cherkovga ekskursiyaga ketayotgan koptiy nasroniylari avtobusini o‘qqa tutishgandi.

Mavzuga oid
Top