19:24 / 05.07.2017
15681

76 rotorli yo‘lovchi muqobil uchar qurilma barpo etildi (foto + video)

Foto:Alex Borg

O‘tgan 2016 yilda 8ta benzinli dvigatelda yo‘lovchi multikopterini namoyish qilgan  Aleks Borg navbatdagi ishlanmasini taqdim etdi. Endilikda, dron 76ta elektr  rotorlardan foydalanadi. Texnika avvalgisidan ekologiyaga zararsizroq bo‘lgan, ammo AmazingDIYProjects xodimining loyiha uchun xarajati uning foydali ekani borasida shubha uyg‘otmoqda. Bu haqda Newatlas.com xabar qilgan.

274 kV energiyadan foydalanuvchi har bir dvigatelga rotor o‘rnatilgan. Ular qurilmaning 4ta qanotiga bir xil taqsimlab chiqilgan. Sonning ko‘pligi sababli, dron uchayotganida shovqinli yoqimsiz tovush eshitiladi. Foydalanuvchilar uning tovushini yirik chivinlar to‘dasiga o‘xshatishgan. Modelga o‘rnatilgan 80 Multistar 4S 5.2 Ah LiPo akkumulyator 12 daqiqalik parvozni ta'minlay oladi, xolos. 

Kopterning tannarxi ham ancha qimmat. U 10 ming dollardan oshadi. 

Top